Главная/Megaplast PC-08 (UZ)

Megaplast PC-08 (UZ)

"Megaplast PC08" — ma'lum tarkibdagi polikarboksilat efirlari asosidagi yuqori samarali superplastifikatordir. Betonga ta'siri bo'yicha asosiy effektlar plastifikatsiya va suvni kamaytirishdir, qo'shimcha effekt sifatida beton aralashmasi qotishini sekinlashtirishi mumkin.

 

QO'LLANISH SOHASI: "Megaplast PC08" yuqori harakatchanlik, uzoq muddatli hayotiylik hamda yuqori dastlabki va yakuniy mustahkamlikka ega yuqori sifatli tovar betonini olish uchun qo'llaniladi. Asosiy qo'llanish yo'nalishlari: tovar betonlari ishlab chiqarish; beton va temir-beton buyumlar tayyorlash; massiv konstruksiyalar uchun beton tayyorlash; betonni uzatish uchun beton nasosidan foydalanish; basseynlar, rezervuarlar, shuningdek gidrotexnik inshootlar uchun foydalanish.

 

TEXNIK IMKONIYATLAR VA AFZALLIKLAR: qo'shimchani qo'llash imkon beradi — beton mustahkamligini pasaytirmasdan aralashma harakatchanligini P1 dan P5 gacha oshirish; aralashma harakatchanligi saqlanishini oshirish; betonning dastlabki va yakuniy mustahkamligini oshirish; sement sarfini 15%-25% ga kamaytirish; aralashtirish suvi miqdorini 20% dan ko'proq kamaytirish; betonning sovuqqa chidamliligi va suv o'tkazmasligini oshirish; vibratsiya davomiyligi va/yoki intensivligini qisqartirish yoki undan butunlay voz kechish. Qo'shimcha barcha turdagi sement bilan ishlatilishi mumkin.

 

QO'LLASH BO'YICHA TAVSIYALAR: qo'shimcha tayyor holda ishlatiladigan mahsulot bo'lib, sement massasidan 0,6-1,2% suyuq qo'shimcha miqdorida kiritish tavsiya etiladi. Qo'shimchani beton aralashmasi tayyorlanayotganda suvning uchdan bir qismi bilan birga qo'shish maqsadga muvofiq. Optimal dozalash tajriba yo'li bilan aniqlanadi.

 

TEXNIK XUSUSIYATLARI: tashqi ko'rinishi — qo'ng'ir rangli, bir jinsli suyuqlik; zichligi (20°Cda) — 1,1±0,03 kg/dm3; pH (20°Cda) — 6,0±2; xloridlarning maksimal miqdori — ≤0,1%; tavsiya etilgan dozalash — sement massasidan 0,6-1,2%; saqlash muddati — ishlab chiqarilgan kundan 1 yil.

MEGAPLAST PC-08

Остались вопросы?
это поле обязательно для заполнения
Ваше имя*
это поле обязательно для заполнения
Телефон:*
это поле обязательно для заполнения
E-mail:*
это поле обязательно для заполнения
Галочка*
Спасибо! Форма отправлена
Мы находимся
г. Ташкента, Юнусабадский р-н., ул. Богиравон, д. 39